O‘zbekiston | 07:08 / 29.03.2021
3966
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda bir kunda 2 ta bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

Buxoro viloyatining Olot va Kogon tumanlarida yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish boshladi. Ulardan biri Koreya respublikasi tajribasi asosida qurildi.

Olot tumani Opshoq mahallasidagi 15-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotini zamonaviy uslubda qayta qurish ishlari 2019 yilda «Obod qishloq» davlat dasturi asosida boshlangandi. U hududdagi paxtachilik klasterining 1,3 milliard so‘m homiylik mablag‘i hisobiga mukammal ta'mirlandi. O‘z faoliyatini boshlagan bog‘chada 100 nafar bolaga ta'lim-tarbiya beriladi.

Kogon tumanining O‘ba cho‘li mahallasida ish boshlagan 5-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti esa 120 o‘rinli. Namuna sifatida Koreya respublikasi tajribasi asosida qurilgan bog‘chaning barpo etilishiga Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 2,9 milliard so‘m mablag‘i sarflangan.

Mavzuga oid