Jamiyat | 12:25 / 29.03.2021
2217
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda 50 sotix yerni 75 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlandi

Surxondaryo viloyati Angor tumanida o‘ziga tegishli bo‘lmagan 50 sotix yerni 75 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fermer ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamerti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Angor tumanida faoliyat yurituvchi fermerlardan birining rahbari Ch.O‘. fuqaro M.ga Amuzang kanalining qirg‘oq bo‘yi muhofaza hududiga qarashli 50 sotix yer maydonini 75 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, departamentning Angor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fermer 50 sotix yer maydoni uchun kelishilgan 75 million so‘mning 35 millionini olayotgan vaqtda ushlangan. Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, fermer fuqaroni sotilayotgan yerda uy-joy qurish uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishga ishontirgan.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan Ch.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid