Navoiy viloyati hamda Vengriyaning Vesprem viloyati o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Kecha, 29 mart kuni Navoiy viloyati hokimligi va Vengriyaning Vesprem viloyati ma'muriyati o‘rtasida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zaro hamkorlik kelishuvi loyihasi muhokama etildi.
Videokonferensiyada Vesprem viloyati kengashi deputati Tibor Rivas, Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi Yanosh Vanik, O‘zbekiston Respublikasining Avstriya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Abat Fayzullayev hamda viloyati hokimi o‘rinbosari Kamoliddin Hasanov ishtirok etdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va madaniy sohalarda hamkorlik kelishuvi loyihasini muhokama etishdi hamda imzolash bo‘yicha kelishuvga erishishdi.
Oldinroq Navoiy viloyati hokimligi Finlandiyaning Puhoyaarvi shahri ma'muriyati bilan birinchi onlayn hamkorlik forumini o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
12:41 / 21.12.2024
Polsha sobiq amaldoriga Vengriyada boshpana berilganidan norozi
21:33 / 20.12.2024
Viktor Orban Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdan oldin Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi
14:03 / 12.12.2024
Vengriya Moskva va Kiyevga sulh tuzishni taklif qildi
23:06 / 06.12.2024