Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari orasida koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani ma'lum qilindi
1 yanvardan buyon 18 yoshgacha bo‘lgan 12862 nafar bolada koronavirus aniqlangan.
Qozog‘istonda maktab o‘quvchilari orasida koronavirus yuqtirish holatlari mart oyida 5 foizga o‘sdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi sanitar-epidemiologik nazorat qo‘mitasi raisi Ayjan Yesmagambetova ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1 yanvardan buyon 18 yoshgacha bo‘lgan 12862 nafar bolada koronavirus aniqlangan.
«Mart oyida kasallanish holatlari 5 foizga oshganini ko‘rmoqdamiz. Maktab o‘quvchilari orasida kasallanishlar soni o‘sgani qayd etildi», — dedi Yesmagambetova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalar orasida kasallik tarqalishi o‘sishi virusning xorijiy shtammlari bilan bog‘liq.
«E'tiboringizni tadqiqot natijalariga qaratishni istardim, afsuski, britancha shtamm yoshlarga nisbatan ancha tajovuzkor. Ya'ni yoshlar oddiy koronavirusdan ko‘ra bu turdagi koronavirusni ko‘proq yuqtirmoqda», — deb qo‘shimcha qildi Yesmagambetova.
Avvalroq Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payayotgani sababli 30 martdan yangi cheklovlar kiritilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024