O‘zbekiston | 10:13 / 02.04.2021
20607
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni 1300dan oshdi

O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 200ga yaqin kishida koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 1 aprel qatorasiga besh kun o‘lim holatlari qayd etilishidan keyin ilk bor o‘limsiz kun bo‘ldi. So‘nggi oylarda ilk marta aktiv keyslar soni 1300dan oshdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 1 aprel kuni O‘zbekistonning 10 hududida jami 189 kishida koronavirus qayd etilgani haqida xabar berdi. 

«2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83239 (+189) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 10 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 24 nafari Toshkent viloyatida,
  • 142 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 17 nafar,
  • Toshkent shahrida 141 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81303 (+168) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1306 nafar bemor davolanmoqda, shundan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid