Jamiyat | 08:48 / 03.04.2021
2151
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda mansabdor tanishlari orqali yer olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi 

Buxoro tumanida A.A. ismli shaxs fuqaro H.Sh.ni aldab, mansabdor tanishlari orqali unga 4 gektar yerni 41 500 dollarga olib berishni va'da qilgan. 

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, A.A. Buxoro tumani Shexoncha mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lgan, bog‘dorchilik uchun mo‘ljallangan 4 gektar yerni issiqxona qurish uchun olib berishini aytgan. U mazkur mahallada joylashgan savdo do‘konida kelishilgan pulning 1000 dollarini olayotganda ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid