O‘zbekiston | 08:10 / 09.04.2021
2218
1 daqiqa o‘qiladi

Kogon shahri va Peshko‘ tumanida ham koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlandi

Buxoro viloyatining Kogon shahri va Peshko‘ tumanida ham fuqarolarni Covid-19'ga qarshi emlash yo‘lga qo‘yildi. Kecha, 8 apreldan har ikki hududda emlash tadbirlari boshlangan. 

Ma'lum qilinishicha, Kogon shahrida emlash punktlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va uning Zirabod hamda Ibn Sino filiallarida tashkil etilgan. Birinchi bosqichda shaharda yashovchi 3 000 nafardan ziyod 65 va undan katta yoshdagi keksalar emlanadi.

Peshko‘ tumanida esa 13 ta emlash punkti tashkil qilingan bo‘lib, birinchi kun tuman tibbiyot   birlashmasining markaziy poliklinikasida 10 nafar tibbiyot xodimlari emlangan.

Mavzuga oid