Buxoroda tuman hokimligi zaxirasidagi yerni 13,5 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
Buxoro viloyatida tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydonini sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni himoya qilish organlari xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida, R.S. ismli shaxs fuqaro M.X.ning ishonchini suiiste'mol qilib, unga Buxoro tuman hokimligi zaxirasidagi yerni sotayotganda ushlangan.
Qayd etilishicha, R.S. fuqaro M.X.ga Buxoro tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 15 sotix yer maydonini 13.500 AQSh dollarga sotishga kelishib, Buxoro shahrida joylashgan «Markaziy dorixona» oldida kimyoviy ishlov berilgan 13.500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan R.S.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:28 / 01.11.2024
Fermer endi yerga ijara huquqini sotishi mumkin – savollarga javoblar
14:20 / 24.10.2024
Xohish bo‘lsa bas: tashlandiq yerlarni bo‘stonga aylantirganlar
14:20 / 15.10.2024
Yerni noqonuniy egallab olish bo‘yicha qo‘llangan jazo choralari aytildi
11:34 / 08.10.2024