Jahon | 23:37 / 10.04.2021
17551
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Anqara Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini aytdi

Turkiya prezidenti Ukraina sharqidagi inqiroz tinch yo‘l bilan, muloqot orqali hal qilinishi kerakligini ta'kidladi.

Foto: EPA

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Anqara Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini tan olmasligini aytdi. Bu haqda Daily Sabah nashri xabar berdi.

"Biz Qrim anneksiyasini tan olmaslik haqidagi qarorimizni yana bir bor tasdiqladik", - deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Ukraina sharqidagi inqiroz tinch yo‘l bilan, muloqot orqali hal qilinishi kerakligini ta'kidladi.

10 aprel kuni Zelenskiy Turkiya va Ukraina o‘rtasidagi yuqori darajali strategik kengash yig‘ilishida ishtirok etish uchun Turkiyaga tashrif buyurdi.

Avvalroq Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida telefon orqali muloqot chog‘ida Ukraina mavzusini muhokama qilgani to‘g‘risida xabar bergandi.

Mavzuga oid