Ta'mirlash ishlari bois «Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod» avtomobil yo‘li yopildi
Toshkent viloyatining 4P – 20 «Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod» avtomobil yo‘li transport vositalarining harakati uchun vaqtincha yopildi, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati.
Ta'kidlanishicha, Toshkent viloyati, xususan, Nurafshon shahrida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi obodonlashtirish va qayta qurish ishlari munosabati bilan ayrim avtomobil yo‘llarida avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilmoqda. Jumladan, Nurafshon shahar hokimining farmoyishiga asosan 23 aprel kuni 4R-20 – “Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod” avtomobil yo‘lining 0-2 kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi.
Harakat ishtirokchilaridan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishlarini hamda “Yo‘l harakati qoidalari” talablariga qat'iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024
Toshkent viloyatida isitish mavsumi 8 noyabrdan boshlanadi
11:53 / 06.11.2024
Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
22:14 / 05.11.2024