Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i lavozimiga - Xayrulla Saydullayevich Umarov tayinlandi.
Xayrulla Umarov bugunga qadar Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Agentlikda so‘nggi bir yarim yil ichida uchinchi rahbar ishlamoqda. Agentlikning sobiq boshlig‘i Ravshan Ibragimov qamalgach, 2019 yil oxirida agentlikka Baxtiyor Tursunov kelgandi. U 2020 yil yozida lavozimini tark etdi va uning o‘rnini Muhammadzokir Mamatxonov egalladi. Muhammadzokir Mamatxonov 2021 yil fevralida Namangan viloyatining Uychi tumani hokimi sifatida ish boshlagach, agentlik rahbarligi bo‘sh qolgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024