Jamiyat | 13:57 / 27.04.2021
1822
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda baliqchilik xo‘jaligi uchun 2 gektar yerni 103 million so‘mga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida baliqchilik uchun 2 gektar yerni 103 million so‘mga olib berishni va'da qilgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Boysun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.ning ishonchiga kirib firibgarlik qilgan fuqaro M.A. ushlangan.

Qayd etilishicha, M.A. Boysun tumanidan o‘tuvchi kanalning qirg‘oq bo‘yi muhofaza hududiga qarashli 2 gektar yer maydonida baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tanishlari orqali hujjatlarni olib berishga va'da berib, evaziga R. dan 103 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid