Nurafshonda iste'molchi tomonidan gazning o‘g‘irlanishi fojiaga olib keldi - «Hududgazta'minot»
Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, Obod turmush mahallasida joylashgan ikki qavatli uyda gaz portlashi holati yuz berdi. Voqea joyida FVV xodimlari bilan birgalikda “Hududgaz Toshkent” gaz ta'minoti filiali xodimlari ish olib borishdi.
“Hududgazta'minot” matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘rganishlar jarayonida maishiy ehtiyoj uchun tabiiy gazni o‘g‘irlash natijasida 2 qavatli binodagi uylardan birining xonasida tabiiy gaz to‘plangani aniqlandi.
“Xonadon egasi hisoblagichni olib tashlab, gaz quvurlarini kanalizatsiya sifoni orqali ulab qo‘yishi tabiiy gaz sizib chiqishiga sabab bo‘lgan”, deyiladi ma'lumotda.
“Hududgazta'minot” iste'molchilardan tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzmaslik, maishiy foydalanishda nostandart gaz uskunalari va qo‘lbola moslamalarni ishlatmaslikni so‘ragan. Agar tabiiy gaz sizib chiqish holati aniqlansa, zudlik bilan xonani shamollatish va 104 orqali dispetcherlik xizmatiga yoki 1104 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish lozim.
Bundan oldin, Nurafshondagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
12:10 / 31.10.2024
Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024