«O‘zbekiston temir yo‘llari» Qozog‘iston va Rossiyaga temir yo‘l qatnovini tiklash bo‘yicha murojaat yubordi
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston va Rossiya temir yo‘l ma'muriyatlariga murojaat yuborildi. Bu haqda kompaniya axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil mart oyida koronavirus pandemiyasi munosabati bilan xalqaro yo‘lovchi poyezdlari deyarli butun dunyoda to‘xtatilgan. Shu bilan birga, Rossiya poytaxtidagi vatandoshlarni vatanga olib kelishda maxsus poyezdlar tashkil qilindi.
«Hozirda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan xalqaro temir yo‘l qatnovlarini bosqichma-bosqich tiklash bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi temir yo‘l ma'muriyatlariga murojaat yuborildi. Ushbu murojaat har ikki davlatning vakolatli davlat organlari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin», deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilarning takliflarini o‘rganib chiqib, hududlarda yangi yo‘nalishlar ochildi. Xususan, Termiz – Xiva – Termiz, Andijon – Nukus – Andijon, Toshkent – Namangan – Andijon, Andijon – Namangan – Toshkent, Andijon – Xiva – Andijon, Toshkent – Olot – Toshkent, Toshkent – Shovot yo‘nalishlarida poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, «Afrosiyob» tezyurar poyezdlarining boshqa yo‘nalishlarda harakatlanish imkoniyati to‘g‘risida ma'lumot berildi.
«Buxoro – Miskin» yangi temir yo‘l liniyasida elektrlashtirish ishlari yakuniga yetgach, ushbu poyezdlar Xiva shahriga qatnaydi. Joriy yilda ikkita tezyurar «Afrosiyob» poyezdi olib kelinadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mamlakatning tog‘li sharoiti og‘ir hududlarida tezyurar poyezdlar qatnamaydi, chunki ushbu modifikatsiyadagi poyezdni bunday uchastkalarda ishga tushirish maqsadga muvofiq emas, ular bunday hududlarda yuqori tezlikda harakatlana olmaydi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:34
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27
Rossiyada fuqarolar pul o‘tkazmalari ustidan nazorat kuchaytiriladi
08:36
AQSh Helsinki komissiyasi Rossiyada nomaqbul deb tan olindi
00:31