Jahon | 21:59 / 12.05.2021
22685
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni podshohi va valiahd shahzodasi o‘z tana a'zolarini donorlikka berishga qaror qildi

Foto: RIA Novosti / Valeriy Melnikov

85 yoshli Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va uning 35 yoshli o‘g‘li – valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Ol Saud Tana a'zolari transplantatsiyasi markazining donorlik maqsadida o‘z tana a'zolarini taqdim qilish dasturidan ro‘yxatdan o‘tdi. Ota-o‘g‘il bu bilan boshqalarga o‘rnak ko‘rsatishga qaror qilgan.

«Mamlakat yetakchilarining tana a'zolari donorligi dasturiga yozilish qarori ularning podshohlik barcha fuqarolari va xorijiy rezidentlarini donorlik maqsadida o‘z tana a'zolarini berish uchun ro‘yxatdan o‘tishga undash istagini ko‘rsatadi. Chunki bu hayoti tana a'zolari transplantatsiyasiga bog‘liq bo‘lgan bemorlarga umid bag‘ishlaydi», deb aytilgan xabarda.

Podshoh Salmon buyrak yetishmovchiligiga ega bemorlar aziyatlarini yengillashtirish maqsadida Saudiya Arabistoni tana a'zolari transplantatsiyasi markazini tashkil etish ustida shaxsan o‘zi ishlagan. 1985 yilda tashkil etilgan markaz dastlab Buyraklar milliy jamg‘armasi deb atalgan. Markaz donorlar doirasini kengaytirish muhim deb hisoblaydi.

Mavzuga oid