O‘zbekiston hududida chet el aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatishning yangi tariflari ma'lum qilindi
«O‘zaeronavigatsiya» markazi chet el aviakompaniyalariga xizmatlar ko‘rsatishning yangi tariflarini e'lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Prezidentning 2021 yil 30 apreldagi «Fuqaro aviatsiyasi korxonalarini transformatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga bilan «O‘zaeronavigatsiya» markaziga chet el aviakompaniyalariga xizmatlar ko‘rsatish (eksport) uchun narxlarni xorijiy valutada belgilashga ruxsat berilgan.
2021 yil 1 iyundan boshlab O‘zbekiston aeroportlarida qo‘nish bilan parvozlarni amalga oshiruvchi, O‘zbekistonning norezidentlari – aviakompaniyalari uchun Havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish (HHX) xabarnomalarini va flayt-planlarni ishlanishi uchun tariflar va aerodrom rayonidagi aeronavigatsion xizmatlari uchun tariflar erkin konvertatsiya qilinadigan valutada nashr etiladi va quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
- aerodrom rayonida yo‘nalish (yaqinlashuvi) bo‘yicha aeronavigatsion xizmatlari 50 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan);
- havo kemasini uchish /qo‘nishini ta'minlash vaqtida aeronavigatsion xizmatlari - havo kemasining maksimal ko‘tarilish vaznining har bir tonnasi uchun 5 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan);
- flayt-planlarni ishlanishi - 16 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan);
- Havodagi harakatga xizmat ko‘rsatish (HHX) xabarnomalarini ishlanishi - 16 AQSh dollari (QQS hisobga olinmasdan).
Mavzuga oid
01:19 / 07.09.2024
Germaniya aviareyslarni kechiktirish va bekor qilish soni bo‘yicha yetakchiga aylandi
18:23 / 06.09.2024
Lufthansa Germaniyadan O‘zbekistonga aviaqatnovlarini tiklashi mumkin
14:01 / 20.08.2024
Yuridik shaxslarning limitdan tashqari elektr va gaz iste’moli uchun tarif pasaytiriladi
18:59 / 09.08.2024