O‘zbekiston | 10:22 / 25.05.2021
3223
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda gultuvaklarda nasha ekib parvarishlayotgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida gultuvakda nasha o‘simligini parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlangan va unga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning 14 may kuni soat 16.30da, viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilari, Qo‘riqlash boshqarmasi Denov tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida «Qoradori–2021» keng qamrovli tadbiri o‘tkazilgan.

Tadbirda Denov tumanning Dashtichinor mahallasida yashovchi, P.Feruzning yashash uyi ko‘zdan kechirilganida, uyida 4 dona gultuvakda 23 tup nasha giyohvandlik o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Qayd etilishicha, 17 may kuni P.Feruzga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid