2021 yil boshidan buyon 26 nafar fuqaro cho‘kib ketgan - FVV
Joriy yilning 25 may kuniga qadar hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan jami 26 nafar fuqaroning cho‘kishi bilan bog‘liq baxsiz hodisalar qayd etilgan.
AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayevning ma'lum qilishicha, 2021 yilning besh oyi mobaynida yuz bergan ushbu holatlarning 14tasi voyaga yetmagan shaxslar ishtirokida kuzatilgan.
“2020 yilda jami 160dan ortiq cho‘kish bilan bog‘liq baxsiz hodisalar qayd etilgan bo‘lib, bulardan 57 nafari cho‘milish qoidalariga amal qilmaslik (ruxsat etilmagan joyda cho‘milish) oqibatida suvda cho‘kish, 40 nafari cho‘kishda gumon qilinganlar, 58 nafari ehtiyotsizlik oqibatida (ko‘priklardan o‘tish, bolalarga e'tiborsiz bo‘lish) cho‘kish, 6 nafari o‘z joniga qasd qilish va 4 nafari jinoyat oqibatida cho‘kishlarga to‘g‘ri keladi”, dedi Samandar Hikmatullayev.
Uning ma'lum qilishicha, ushbu cho‘kib ketgan fuqarolarning 50 foizdan ortig‘i voyaga yetmaganlar ekani aniqlangan.
Shuningdek, mutasaddi ota-onalarga yoz fasli munosabati bilan cho‘milish havzalariga borayotgan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik, taqiqlangan joylarda cho‘milmasligiga e'tiborli bo‘lish kerakligi haqida eslatma berdi.
Mavzuga oid
17:03 / 11.09.2024
Boysundagi kondan chiqayotgan gaz yaqin kunlarda jilovlanadi - FVV
13:40 / 06.09.2024
Rossiya FVV rahbarining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:11 / 05.09.2024
Boysun sinovi: O‘zbekiston yirik texnogen ofatlarga qanchalik tayyor?
08:56 / 25.07.2024