Jamiyat | 17:52 / 26.05.2021
7081
3 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda kaltaklangan deputat hodisasining tafsilotlari viloyat IIB tomonidan ochiqlandi

Surxondaryo viloyati Boysun tumani kengashi deputati bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan. Xalq demokratik partiyasi mazkur ishda surishtiruv cho‘zilib ketayotganini bildirdi. Viloyat IIB mazkur masalada o‘zining rasmiy munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, kaltaklangan deputat ishida surishtiruv yakunlanib, ish tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Surxondaryo viloyati Boysun tumani kengashi deputati bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan. Xalq demokratik partiyasi mazkur ishda surishtiruv cho‘zilib ketayotganini bildirdi. Viloyat IIB mazkur masalada o‘zining rasmiy munosabatini bildirdi. Unga ko‘ra, kaltaklangan deputat ishida surishtiruv yakunlanib, ish tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 14 aprel kuni soat 10:30 larda Boysun tumani Inkobod mahallasida yashovchi J.O‘. va Q.A. yashash mahallasi hududida joylashgan «Aslanbek eksklyuziv bog‘lari» MChJga qarashli yerda Boysun tuman Hunarmandlar mahallasida yashovchi M.A. hamda M.A. ilgaridan davom etib kelayotgan yer maydoni ustida tortishib janjallashib, bir-birini qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, fuqaro J.O‘., Q.A., M.A. va M.A. tan jarohati olib, shifoxonaga murojaat qilgan. Respublika sud-tibbiyot ekspertiza Ilmiy-amaliy markazi Surxondaryo filialining 2021 yil 19 aprel kunidagi xulosasiga ko‘ra, J.O‘. «o‘rtacha og‘irlikdagi», M.A. «sog‘liqning buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil», M.A. esa «yengil» tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani IIB tomonidan 2021 yilning 21 aprel kuni Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov jarayonida J.O‘.ni M.A. va M.A. guruh bo‘lib tan jarohati yetkazganligi bo‘yicha 2021 yilning 30 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali rasmiy munosabat bildirilib, ommaga ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, jinoyat ishi bo‘yicha o‘tkazilgan tergovga ko‘ra, fuqarolar M.A. va M.A.ga nisbatan muqaddam e'lon qilingan ayblov Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «v,g,i» bandlari bilan to‘ldirilgan, shuningdek, fuqaro U.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-modda 2-qismi bilan ayblov e'lon qilingan.

Ta'kidlanishicha, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha 2021 yilning 25 may kuni tergov harakatlari tamomlanib, Jinoyat prossetsual kodeksining 381-moddasi tartibida ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga yuborish masalasini hal qilish uchun Boysun tuman prokuraturasiga yuborilganligi ma'lum qilingan.

Mavzuga oid