Surxondaryoda «Lasetti» haydovchisi katta tezlikda harakatlanib sodir etgan YTHda 1-sinf o‘quvchisi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 1-sinf o‘quvchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 24 may kuni davlat ahamiyatiga ega 4R101 avtomobil yo‘lining Uzun tumani Serharakat mahallasidan o‘tgan 114-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvida bo‘lgan Lasetti avtomashinasi bilan 1-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.
Oqibatda, o‘quvchi bola og‘ir tan jarohatlari bilan Uzun tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.
Aniqlanishicha, haydovchi tezlik soatiga 50 kilometr qilib belgilangan joyda soatiga 120-130 kilometr tezlikda harakatlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Uzun tumani IIB tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024