Jahon | 19:02 / 28.05.2021
7151
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri o‘z nomini o‘zgartirdi

Total dunyoning eng yirik o‘nta neft-gaz kompaniyalari qatoriga kiradi. Kompaniya 130dan ortiq mamlakatda ish olib boradi.

Dunyodagi eng yirik neft kompaniyalaridan biri bo‘lgan Total o‘z nomini TotalEnergies deb o‘zgartirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

«Aksionerlarning navbatdagi yig‘ilishida kompaniyaning Total nomini TotalEnergies deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror deyarli bir ovozdan qabul qilindi. Bu bilan uning keng miqyosdagi energetika kompaniyasiga aylantirilishi mustahkamlandi», — deyiladi xabarda.

Kompaniya ijrochi direktori Patrik Puyannening so‘zlariga ko‘ra, sayyora iqlim muammolariga duch kelgan. Kompaniya dunyoning izchil rivojlanishiga hissa qo‘shish maqsadida energiyaning yangi manbalari tomon ilgarilamoqda.

«Maqsadimiz — o‘tish energetikasida dunyo miqyosidagi ishtirokchi bo‘lish. Shu bois Total o‘zgarmoqda va TotalEnergies bo‘ldi», — dedi u.

Kompaniya 1999 yilgacha TOTAL S.A deb nomlangan. Belgiyaning Petrofina kompaniyasi sotib olganidan so‘ng uning nomi TotalFina deb o‘zgargan. 2000 yilda kompaniya Elf Aquitaine bilan birlashgan va TotalFinaElf deb nomlana boshlangan. 2003 yilda unga dastlabki nomi qaytarilgan.

Total dunyoning eng yirik o‘nta neft-gaz kompaniyalari qatoriga kiradi. Kompaniya 130dan ortiq mamlakatda ish olib boradi.

Total 2020 yilda 7,2 mlrd dollar zarar ko‘rdi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid