O‘zbekiston | 23:59 / 01.06.2021
14825
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda qo‘y junidan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termiz shahridagi «Afghan bazar carpets» korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Press-slujba prezidenta

Ma'lumki, Surxondaryoda qo‘y ko‘p boqiladi. Lekin uning juni deyarli qayta ishlanmaydi. Shu bois Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan Afg‘oniston tajribasi asosida jundan gilam to‘qish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezident bu loyihani ma'qullab, afg‘onistonlik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni kengaytirish, jundor qo‘y zotlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev korxonada ishlayotgan xotin-qizlar bilan muloqot qildi.

Majmuada «Silk road tex» korxonasi ham tashkil etiladi. Unda ipakli mato, ipakli tayyor mahsulotlar, sport va yo‘l sumkalari hamda ipakli gilam ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Yiliga 2 million dollarlikdan ziyod eksport maqsad qilingan.

Mavzuga oid