Behzod Musayev: Surxondaryoda bitta oliy ta'lim maskani bor edi, hozir oltitaga yetdi
Surxondaryo faollari bilan yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev ham so‘zga chiqdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Bir necha yil oldin maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish deyarli yo‘qolib ketgandi, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bor yo‘g‘i 13 foiz edi. 4-5 yil avval Surxondaryoda bitta oliy ta'lim maskani – Termiz davlat universiteti bor edi, hozir oltitaga yetdi. Talabalar soni 10 mingga yetmasdi, hozir 36 mingga yetdi. Talabalarni yotoqxona bilan ta'minlashni 6 mingga yetkazdik.
Ruxsat bersangiz, bir taklifimiz bor edi. Surxondaryo uchun manzilli grantlar hajmini oshirsak. Bular 20 ta o‘rin so‘rashyapti, biz shu ko‘rsatkichni 40 taga oshirdik”, – dedi Behzod Musayev.
“Ellikta o‘rin ajrataman. Barcha hisob-kitoblarni qilib, takliflarni beringlar. Bu o‘rinlar faqat Surxondaryo uchun ajratilsin”, – dedi prezident.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024