«Surxondaryoda 100 ming odam ishsiz, 80 mingi tashqarida yuribdi» – Shavkat Mirziyoyev
Joriy yil 1 iyun kuni Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lib, ularning savollariga javob berdi.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, prezident viloyatlarda aholi turmush tarzini yaxshilash uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish haqida gapirdi.
“Iqtisodiyotni barqaror qilish uchun har bir viloyatga infratuzilma kerak. Tariximizga qarasak, quyosh energiyasidan foydalanish bo‘lmagan. Surxondaryoda juda katta resurslar, juda katta imkoniyatlar bor. Taxminan 10ga yaqin sement zavodlari qursak bo‘ladi. Lekin buning uchun hozir yetarli infratuzilma yo‘q: energiya, yo‘l, temiryo‘l kerak. Agar ertaga zavodlar qursak, yana odamlarda elektr o‘chadi – yo ularga, yo zavodga berish kerak bo‘ladi elektrni. Shuning uchun avvalo infrastrukturani yaratishimiz kerak. Surxondaryoda 100 ming odam ishsiz, 80 mingi tashqarida yuribdi. O‘zim kelganimning sababi ishsizlikni kamaytirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirish”, dedi u.
Davlat rahbari ijtimoiy sohalarni rivojlantirish haqida gapirar ekan, maktab bitiruvchilarining bilim olishi, kasb-hunar o‘rganishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Shuningdek, prezident o‘zini qiynayotgan muammo – ishsizlikni kamaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Surxondaryoda hali birorta viloyatda bo‘lmagan Xalqaro ochiq savdo markazi tashkil qilyapmiz. Bu markazda istalgan xorijiy davlatdan kelib, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni birinchi qo‘ldan olib ketishlari mumkin bo‘ladi. Xalqaro savdo markazi ishga tushsa 10 ming odam ish bilan ta'minlanadi”, deya ta'kidladi prezident.
Suhbat davomida davlat rahbari kambag‘allikka qarshi kurashish yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida ham ma'lumot berdi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
07:50 / 02.11.2024