Koronavirus: Kunlik holatlar yana 300dan ortiq, yana uch bemor vafot etdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yana 300dan ortiq yangi kasallanish holatlari qayd etilib, 3 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.
«2021 yil 12 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103510 (+304) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘tgan haftalarda kunlik holatlar pasaya boshlagan, 7-8 iyun kunlari bu ko‘rsatkich 200dan ham kamroq bo‘lgan, faqat 12 iyunga kelib kunlik holatlar 300dan osha boshlagandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 6 nafari Andijon viloyatida,
- 4 nafari Buxoro viloyatida,
- 13 nafari Jizzax viloyatida,
- 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 29 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 18 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 12 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 59 nafari Toshkent viloyatida,
- 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 5 nafar,
- Jizzax viloyatida 20 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
- Navoiy viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 7 nafar,
- Samarqand viloyatida 30 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 3 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 21 nafar,
- Xorazm viloyatida 8 nafar,
- Toshkent shahrida 161 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99416 (+264) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 708 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3386 nafar bemor davolanmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi
10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi
10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi
11:15 / 02.12.2022