Buxoroda 17 yil ilgari xizmatga noloyiqligi sabab ishdan bo‘shatilgan IIB xodimi soxta guvohnoma bilan ushlandi
Buxoro viloyatida 17 yil ilgari xizmatga noloyiqligi sabab ishdan bo‘shatilgan IIB xodimi soxta guvohnoma bilan ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 14 iyun kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l tumanida yashovchi 45 yoshli O‘. S. ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqanini ko‘rsatuvchi soxta guvohnoma bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, shaxsiy avtomashinasida yo‘l harakati qoidasini buzganligi uchun YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan O‘.S. o‘zini ichki ishlar organlarida uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib, so‘ngra nafaqaga chiqqan mayor sifatida tanishtirgan. So‘ng, yo‘l patrul xizmati inspektoriga 2014 yil 23 may kuni IIV MIB rahbari tomonidan berilgan, 2010 yilning 24 fevralida nafaqaga chiqqanini ko‘rsatuvchi 3817-sonli soxta guvohnomani ko‘rsatgan.
YPX xodimi guvohnomaning haqiqiyligiga shubha qilib, hujjatni nafaqa arxividan tekshirilishi yuzasidan IIB viloyat boshqarmasiga bildirgan. Holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida bunday guvohnoma yo‘qligi ma'lum bo‘lgan.
Qo‘shimcha manbalarga ko‘ra, O‘. S. 1998-2004 yillar davomida viloyat ichki ishlar organlarida turli vazifalarda faoliyat yuritgan. U 2004 yilda o‘zining noqonuniy xatti-harakatlari tufayli xizmatga noloyiq deb topilib, ichki nizom asosida ishdan bo‘shatilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda fuqaro O‘.S.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
19:05 / 14.10.2024
Sobiq IIB xodimi umrbodga hukm qilindi. U uch kishini o‘ldirgan
11:34 / 08.10.2024
Buxoroda ikki ishchi tok urishi oqibatida halok bo‘ldi
17:13 / 12.08.2024