Fuqarolar yig‘inini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
"Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi qonunga, shuningdek, prezidentning "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq namunaviy nizomlar tasdiqlandi:
- “Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risida”;
- “Fuqarolar yig‘ini komissiyalari to‘g‘risida”;
- “Fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik tuzilmalari to‘g‘risida”;
- “Fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) guvohnomasi va ko‘krak nishoni to‘g‘risida”;
- “Fuqarolar yig‘inlarida ish yuritishni tashkil qilish va olib borish tartibi to‘g‘risida”.
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:
- fuqarolar yig‘ini vakolatlari va uning organlari;
- fuqarolar yig‘ini majlisini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishini) chaqirish tartibi;
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlarini saylash tartibi;
- fuqarolar yig‘ini faoliyati asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
- fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli), uning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolatlari;
- fuqarolar yig‘ini mas'ul kotibi vakolatlari;
- fuqarolar yig‘ini faoliyatining iqtisodiy asosi;
- fuqarolar yig‘inini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Bir oy muddatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga tasdiqlangan namunaviy nizomlar asosida tegishli nizomlarni tasdiqlash topshirildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:34 / 25.07.2023
Hukumat davlat muassasalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi
16:13 / 27.06.2023
OAVni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 5 ta nizom tasdiqlandi
09:11 / 03.08.2022
O‘zbekistonda xodimni xizmat safariga yuborishning yangi tartibi belgilandi
07:35 / 01.03.2022