O‘zbekistonlik sambochi Dilshod Choriyev 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Joriy yilning 25 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida sambo bo‘yicha «Memorial Xarlampiyev» nomli jahon kubogi bahslari o‘tkazilgan bo‘lib, mazkur turnirda o‘zbekistonlik sambochilar 2ta oltin, 6ta kumush va 1ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Milliy antidoping agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu xalqaro turnirda -98 kg vaznda ikkinchi o‘rinni egallagan Dilshod Choriyevdan (sportcha sambo) olingan doping-sinamada “meldoniy” taqiqlangan moddasi aniqlangani sababli tekshiruv boshlangan.
FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining 2021 yil 23 iyun kunidagi ma'lumotiga ko‘ra, sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Dilshod Choriyevning doping-sinamasida aniqlangan “meldoniy” taqiqlangan moddasi yuzasidan FIAS Axloq bo‘yicha komissiyasi yakuniy qarorni qabul qildi.
Ushbu qarorga ko‘ra, FIAS Xalqaro sambo federatsiyasining Antidoping qoidalariga muvofiq, Dilshod Choriyev 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi. Sportchi 2021 yil 7 maydan boshlab, 2025 yil 6 mayga qadar barcha sport tadbirlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi.
Butunjahon antidoping agentligining Taqiqlangan ro‘yxatida meldoniy 2016 yildan beri ro‘yxatning “S4. Metabolizm gormonlari va modulyatorlari” guruhiga kiritilgan doping moddasidir.
Mavzuga oid
23:37 / 24.03.2021
Sambo bo‘yicha jahon chempionati Moskvadan Toshkentga ko‘chirildi
12:17 / 25.12.2020
Andijonda sambo bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi
16:55 / 26.11.2019
Navoiyda ichki ishlar organlari o‘rtasida sambo chempionati boshlandi
20:55 / 22.10.2019