O‘zbekiston | 13:54 / 29.06.2021
3343
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda talabaga «yordam bermoqchi» bo‘lgan dekan o‘rinbosariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Talabaning o‘qishini sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishni va'da qilgan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti fakultet dekani o‘rinbosari 300 dollar bilan ushlandi. Bu haqda bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.  

Ma'lum qilinishicha, departament hamda DXXning Buxoro shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda dekan o‘rinbosari institutning 1-bosqich talabasi X.ga o‘zining vakolatli tanishlari orqali uning o‘qishini 500 dollar evaziga kunduzgi bo‘limdan sirtqi bo‘limga ko‘chirib berishini va'da qilgan. Dekan o‘rinbosari ushbu «xizmati» uchun oldindan 300 dollar olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Buxoroda xorijiy korxonaga ishga joylashni aytib, 10 ming dollar talab qilgan jinoiy guruh qo‘lga olingandi.

Mavzuga oid