9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
Aniqlangan holatlar bo‘yicha 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2024 yilning yanvar-sentabr oylarida fuqarolarga berilishi kerak bo‘lgan 5 milliarddan oshiq pullar talon-toroj qilingan.
2024 yil 18 oktyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, bunday holatlar yuzasidan jami 63 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari buyicha 1 198 nafar shaxs intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortilgan.
61 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda 8 573 nafar shaxsning buzilgan huquqlari tiklangan.
Bundan tashqari, 366 nafar ishchi - xizmatchilarning kechiktirilgan 2,4 mlrd so‘m ish haqlari undirib berilishi ta’minlangan.
Mavzuga oid
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
11:28 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:34 / 13.10.2024
Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:34 / 11.10.2024