Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Erkak Telegramʼda akkaunt ochib, unda sobiq turmush o‘rtog‘ining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi behayo foto va videotasvirlarini tarqatib kelgan.
Andijon viloyatida sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatib kelgan erkak ushlangan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Andijon viloyatida yashovchi ayol S.T. IIBga murojaat qilib, o‘zining rasmlari noma’lum shaxs tomonidan Telegram messenjerida tarqatib yuborilganini ma’lum qilgan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Andijon viloyatida yashovchi M.M. sodir etgani aniqlangan.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan M.M. aslida jabrlanuvchi ayol S.T.ning sobiq turmush o‘rtog‘i bo‘lgan.
U sobiq xotinini obro‘sizlantirish maqsadida Telegramʼda akkaunt ochib, ayolga tegishli bo‘lgan sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi behayo foto va videotasvirlarni tarqatib kelgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 139- (tuhmat), 140- (haqorat qilish) va 141/3- (shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:28 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
22:40 / 26.09.2024
NYT: Nyu York meriga nisbatan jinoiy ayblov e’lon qilindi
10:35 / 13.07.2024