O‘zbekiston | 10:39 / 30.06.2021
30641
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar soni 500ga yaqin, kunlik o‘limlar soni oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 487 kishida kasallik aniqlanib, 647 bemor tuzalgani, 3 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 29 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 110677 (+487) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 35 nafari Jizzax viloyatida,
  • 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 7 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 85 nafari Samarqand viloyatida,
  • 16 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 51 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 60 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 18 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 19 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 11 nafar,
  • Navoiy viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 10 nafar,
  • Samarqand viloyatida 72 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 41 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 32 nafar,
  • Xorazm viloyatida 30 nafar,
  • Toshkent viloyatida 20 nafar,
  • Toshkent shahrida 365 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 107063 (+647) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 736 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2878 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzuga oid