Jahon | 23:29 / 03.07.2021
9749
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

Hayvonlarni emlash uchun Zoetis kompaniyasi ishlab chiqqan vaksinadan foydalanilmoqda.

Foto: Jessica Christian/The Chronicle

AQShning Kaliforniya shtatidagi Oklend shahri hayvonot bog‘ida saqlanayotgan jonivorlarni sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Bu haqda San Francisco Chronicle xabar berdi.

Yovvoyi hayvonlarda koronavirus yuqtirish holatlari qayd etilganidan so‘ng jonivorlarni emlash boshlandi.

Hayvonot bog‘ida yo‘lbars, grizli va qora ayiqlar, tog‘ sherlari emlandi. 

Keyingi navbatda shimpanze, yana bir necha ayiq, sher va giyenalar emlanadi. 

Hayvonlarni emlash uchun Zoetis kompaniyasi ishlab chiqqan vaksinadan foydalanilmoqda. AQSh qishloq xo‘jalik vazirligi tomonidan 100 turdagi sutemizuvchi hayvonlarni sinov tariqasida Zoetis vaksinasi bilan emlashga ruxsat berilgan.

Mavzuga oid