«Chiroyli» avtoraqamlar savdosi bo‘yicha 6 oylik hisobot berildi
O‘zbekistonda yarim yil davomida sotilgan «chiroyli» avtoraqamlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3 barobar oshdi.
2021 yilning o‘tgan 6 oyi davomida avtoraqam.uzex.uz veb-saytidagi onlayn-auksionlar orqali 139,1 mlrd so‘mlik 70 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqam sotildi.
Respublika tovar-xomashyo birjasi mazkur avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 2020 yilning mos davriga nisbatan 3 barobarga, hajmi bo‘yicha 50,6 foizga o‘sganini ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, sotilgan avtoraqamning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati 441,5 mln so‘mni tashkil qildi. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2 mln so‘mga teng bo‘ldi.
Avvalroq, 2020 yilda 262,6 mlrd so‘mlik 106 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotilgani xabar qilingandi. 2019 yilda esa 36 mingdan ziyod «chiroyli» avtoraqamlar sotilgan bo‘lib, raqamlar savdosining umumiy summasi 156,1 mlrd so‘mga teng bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:43 / 16.02.2023
Turkmanistonda «chiroyli» avtomobil raqamlari taqiqlandi
16:53 / 24.04.2018
O‘tgan haftada onlayn auksionlar orqali 554 mln so‘mlik avtoraqamlar sotildi
01:19 / 15.04.2018
Respublika tovar xom ashyo birjasi yilning birinchi choragi ko‘rsatkichlarini e'lon qildi
21:00 / 15.01.2018