Tojikiston «Tolibon» bilan muzokara olib bormayapti - Sirojiddin Muhriddin
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, tojik tomoni rossiyalik chegarachilarni qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib bormayapti.
Dushanbe har doim rasmiy Kobulni Afg‘onistondagi qonuniy hokimiyat deb bilgan va «Tolibon» harakati vakillari bilan hech qachon uchrashuv yoki muzokara o‘tkazmagan. Bu haqda Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin 26 iyul kuni jurnalistlarga ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradosh mintaqalarida vaziyat jiddiy ravishda yomonlashdi, «ammo Tojikistonning bu yo‘nalishdagi chegaralari ishonchli himoyalangan».
«Tojikiston rossiyalik chegarachilarni janubiy chegaralarga qaytarish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib bormayapti va Afg‘oniston bilan chegaradagi keskinlik tufayli Dushanbeda Rossiya maslahatchilari sonini ko‘paytirishni rejalashtirmayapti», dedi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Tojikiston Afg‘onistondan qancha qochqinni qabul qilishi mumkinligi to‘g‘risida aniq nimadir deyish mushkuldir.
«Men respublika Afg‘onistondan qabul qilishi mumkin bo‘lgan qochqinlarning ilgari e'lon qilingan soni to‘g‘risida ba'zi hamkasblarning fikriga qo‘shilmayman. Biz bu masalada koronavirus pandemiyasi, qochqinlar lagerlarining tayyorligi va terrorchilar qochqinlar niqobi ostida mamlakatimizga kirib kelishi mumkinligiga tayyor ekanligimiz bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olishimiz kerak», deya ta'kidladi Muhriddin.
Mavzuga oid
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024