Jamiyat | 17:17 / 02.08.2021
2950
2 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda o‘tkazilgan tungi reydda 92 nafar huquqbuzar, 10 nafar fohishaga chora ko‘rildi
Samarqand shahrida joriy yil 1 avgustdan 2 avgustga o‘tar tunda o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida ko‘plab huqubuzarliklar qilgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Ikkita holatda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, 1 avgust kuni soat 00:00 dan so‘ng Samarqand shahrida o‘tkazilgan tungi reyd davomida:
- 166 nafar shaxs xududiy IIBlarga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazilgan;
- Huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan 92 ta ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan;
- 10 nafar fuqaroga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasiga (Fohishalik bilan shug‘ullanish) asosan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan;
- Fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 2 ta holatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan;
- 12 nafar fuqarodan o‘tkir tig‘li buyumlar hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, tungi tadbirlar davom ettiriladi.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024