Jamiyat | 16:36 / 05.08.2021
30007
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyalik qiz Andijonga kelin bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Andijon shahrining Piyozpoya mahallasida yashovchi Nabibullayevlar xonadoni AQShning Kaliforniya shtatidan kelin tushirdi. 

Kelin – ingliz millatiga mansub Tina Livingston andijonlik yigit Saidmurodxon Nabibullayev bilan nikohlandi.

Kelin-kuyov Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi oliy ta'lim dargohida o‘qish davomida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan. Kelin Saidmurodning taklifiga binoan O‘zbekiston fuqaroligini olib, Toshkentdagi ta'lim muassasalaridan birida ish boshlagan. Tina Livingstonga endilikda Oyshaxon deb ism berishdi.

Mavzuga oid