Jahon | 18:41 / 05.08.2021
10274
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda koronavirusni 99 foizga yo‘q qiluvchi lampa ishlab chiqarildi

Qurilma dezinfeksiya ishlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan.

Xitoyda yuzalarni koronavirus infeksiyasidan 99 foiz samaradorlik bilan zararsizlantiruvchi ultrabinafsha dezinfeksiya lampasi ishlab chiqarildi, deb xabar berdi China Daily.

Nashrning yozishicha, u Xubey provinsiyasidagi yuqumli kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazida sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan.

Sinov davomida lampa 10 daqiqa ichida koronavirus infeksiyasini 99,99 foizga yo‘q qilgan.

Qurilma dezinfeksiya ishlarida foydalanish uchun tavsiya etilgan.

Bundan tashqari, u tilla stafilokokk, kandida albikans va koliform kabi xavfli bakteriyalarni ham yo‘q qilish xususiyatiga egaligi aytilmoqda.

Mavzuga oid