Samarqandda tungi vaqtda mushakbozlik uyushtirib fuqarolarning tinchligini buzgan shaxslarga chora ko‘rildi
Samarqand shahrida tungi vaqtda baland musiqa qo‘ygan va mushakbozlik uyushtirib fuqarolarning tinchligini buzgan shaxslarga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 6 avgustdan 7 avgustga o‘tar kechasi yarim tunda soat 00:30larda Samarqand shahri Timiryazova ko‘chasida yashovchi fuqaro tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida baland musiqa qo‘ygan. Bundan tashqari, karantin qoidalariga zid ravishda odamlarni to‘plab bazm uyushtirgan va shu atrofda yashovchi fuqarolarning tinchligini buzib mushakbozlik uyushtirgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat profilaktika inspektorining e'tiborini tortgan va shovqin bo‘layotgan xonadonga borgan. Shundan so‘ng karantin qoidalarini buzganlar IIB binosiga olib borilgan va tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, ularga chora ko‘rilgan.
Surishtiruvda aniqlanishicha, huquqbuzarlardan biri onasining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tadbir uyushtirgan va unda odamlarning tinchini buzib salyut otgan.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024