Shavkat Mirziyoyev: «Svet bo‘yicha, ayniqsa, gaz bo‘yicha odamlar bizdan juda norozi»
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni iste'molchilarni neft va gaz resurslari bilan barqaror ta'minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda yilning 1-yarmida tabiiy gaz qazib olish va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan natijalar tanqidiy muhokama qilindi.
«Gaz, neft sohasidagi islohotlar bo‘yicha ko‘p qarorlar, farmonlar qabul qildik, yangi rahbarlar qo‘ydik, transformatsiya bo‘yicha birinchi qadamlarni qo‘ydik. Neft va gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha aniq-aniq vazifalar nimalardan iborat?
Juda katta izlanishlar hozirgi talab nuqtayi nazaridan o‘zining natijasini bermayapti. Joriy yilning o‘zida 917 mln kub gaz import qildik. Bu juda katta raqam, ikkinchidan, import qilganda o‘zimiz pul to‘layapmiz, valutaga olib kelyapmiz. Bu kelajakda nima bo‘ladi?
Uch yilda bergan [neft-gaz sohasiga] 1 mlrd 400 mln dollar pulimiz o‘z natijasini bermayapti, desak, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Svet bo‘yicha, ayniqsa, gaz bo‘yicha odamlar bizdan juda norozi. Iqtisodiy manfaatdor nuqtayi nazaridan o‘zi imkoniyatlarimiz qanday? Bu imkoniyatlardan qanday foydalanamiz? Nima natija beradi?» - dedi prezident.
Prezident soha mutasaddilariga iste'molchilar manfaatlarini yuqori qo‘yish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga tabiiy gaz, suyultirilgan gaz hamda neft mahsulotlarini zarur miqdorda yetkazib berish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar berdi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024
Turkmaniston Rossiyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi
09:39 / 24.10.2024