Jahon | 20:22 / 12.08.2021
11848
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda AQSh sportchilari mamlakatga koronavirusni olib kirishda gumonlanmoqda

Jurnalistlarning yozishicha, 2019 yilda Uhanda o‘tkazilgan harbiy o‘yinlar vaqtida amerikalik besh nafar harbiy kasal bo‘lib qolgan. Ularda isitma, yo‘tal va diareya kuzatilgan.

Foto: Reuters

2019 yilda Uhanda o‘tkazilgan harbiy o‘yinlarda ishtirok etgan AQSh sportchilari Xitoyga koronavirus infeksiyasini olib kirgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Sohu nashri yozmoqda.

Jurnalistlarning yozishicha, o‘yinlar vaqtida amerikalik besh nafar harbiy kasal bo‘lib qolgan. Ularda isitma, yo‘tal va diareya kuzatilgan.

Mahalliy yuqumli kasalliklar shifoxonasida harbiylarga bezgak tashxisi qo‘yilgan.

Bemorlar maxsus samolyotda AQShga jo‘natilgan.

Jurnalistlarning ma'lumot berishicha, Amerika tomoni bu kasallik borasida hech qanday ma'lumotni chop etmagan.

Avvalroq daniyalik olim, JSST xalqaro ekspertlar guruhi rahbari Piter Embarek koronavirus laboratoriyada paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga oid