O‘zbekiston | 20:00 / 14.08.2021
11950
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Mastercard kartalari o‘rtasida butun dunyo bo‘ylab pul o‘tkazmalari yo‘lga qo‘yildi

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan O‘zbekistonda birinchi bo‘lib Mastercard xalqaro kartasi orqali boshqa banklarning shu turdagi kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.

“Mastercard MoneySend” deb nomlangan mazkur xizmat “Mastercard Worldwide” to‘lov tizimiga tegishli bo‘lib, u Mastersard kartasi egalariga real vaqt rejimida o‘zaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi.

Endilikda xorijiy valutada pul o‘tkazmasini bajarish uchun muayyan hujjatlarni rasmiylashtirishga hojat yo‘q, faqatgina ushbu turdagi bank karta egasining ismi sharifi hamda karta raqamini bilish kifoya qiladi va barchasi onlayn bajariladi.

Ayni paytda “Mastersard MoneySend” xizmati bankning Joyda mobil ilovasida amal qilmoqda. Bunda bank tomonidan karta egasi tasdiqlanadi va o‘tkazma darhol jo‘natiladi.

Shu bilan birga, mablag‘lar boshqa banklarga tegishli Mastersard kartalari orqali O‘zsanoatqurilishbankning shu turdagi kartasiga bir necha soniyalarda kelib tushadi.

“Mastersard MoneySend” xizmatining afzalligi shundaki, mijoz bank filialiga tashrif buyurmasdan butun dunyo bo‘ylab istalgan Mastersard kartasini to‘ldirishi mumkin.

O‘tkazmalarning Joyda mobil ilovasi orqali amalga oshirilishi yurtdoshlarimizga xorijdagi yaqinlaridan oson pul qabul qilib olishlarida muhim yordamchi bo‘lishiga ishonamiz.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun: 712004343

Veb-sayt: sqb.uz

Bank Axborot xizmati

Mavzuga oid