Pentagon Kobul aeroportidan ketishi muddatini ma'lum qildi
Amerikalik harbiylar Kobul aeroportida kamida yana 2 hafta qoladi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ABC News telekanali efirida ma'lum qildi.
“Bizning maqsad aeroport o‘z ishini davom ettira olishini ta'minlash, u yerda xavfsizlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat”, deb aytgan Kirbi.
Uning ta'kidlashicha, AQSh Afg‘onistondagi harbiylarini yana 2 haftaga qoldirmoqchi. “Gap nafaqat amerikaliklarni evakuatsiya qilish, balki bizga oxirgi 20 yil davomida bizga yordam bergan afg‘onlar oldidagi burchimiz haqida bormoqda. Biz bunday odamlardan iloji boricha ko‘prog‘ini olib chiqishimiz lozim”, - deb qo‘shimcha qilgan Pentagon vakili.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, aeroportda uning hududiga kirishga urinayotgan minglab odamlar qolmoqda.
Mavzuga oid
13:22 / 13.11.2024
Pentagon hujjatlarini oshkor etishda ayblangan shaxs 15 yilga qamaldi
07:56 / 13.11.2024
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
20:42 / 09.11.2024
Oq uy Trampning saylovlardagi g‘alabasidan keyin Ukrainaga harbiy yordam yuborishni tezlashtirdi
09:00 / 30.10.2024