Jahon | 15:17 / 17.08.2021
11308
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Kobul aeroporti xavfsizligini ta'minlash rejasidan voz kechdi – OAV

Iyul oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar AQSh kerakli darajada qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroportini boshqarishga tayyorligini aytgandi.

Foto: AA

Turkiya Kobul aeroportini boshqarish fikridan voz kechdi, ammo «Tolibon» harakatiga texnik ta'minot va xavfsizlik sohasida yordam berishga tayyor. Bu haqda Turkiya xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

«Agar «Tolibon» texnik yordam so‘rasa, Turkiya aeroportdagi texnika va xavfsizlik sohasida yordam ko‘rsatishi mumkin», — dedi agentlik suhbatdoshlaridan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «aeroportdagi tartibsizliklar fonida aeroportni turk harbiylari boshqaruviga olish jarayoni o‘z-o‘zidan barham topgan».

Iyul oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar AQSh kerakli darajada qo‘llab-quvvatlasa, Turkiya Kobul aeroportini boshqarishga tayyorligini aytgandi.

Mavzuga oid