Jahon | 16:21 / 18.08.2021
23535
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar Afg‘onistonning sobiq rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Avvalroq harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid toliblar barcha afg‘onlar ishtirok etadigan hukumat tuzish tarafdori ekanini aytgandi. 

Foto: Rahmat Gul/AP

«Tolibon» siyosiy ofisining Kobuldagi vakili Anas Haqqoniy va uning hamrohlari Afg‘oniston sobiq prezidenti Hamid Karzay (2004-2014 y.), yarashish bo‘yicha oliy kengash sobiq raisi Abdulla Abdulla va senat sobiq spikeri Fazal Hodi Muslimyor bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Muzokaralar tafsilotlari ma'lum qilinmagan. 

Avvalroq harakat matbuot kotibi Zabihulla Mujohid toliblar barcha afg‘onlar ishtirok etadigan hukumat tuzish tarafdori ekanini aytgandi. 

Toliblarga qarshi bo‘lgan va mamlakatni tark etgan siyosatchilar taqdiri haqidagi savolga Mujohid: «Ular xorijda yurishini istamaymiz. Bu ularning ham yurti, Afg‘oniston umumiy uyimiz, qadriyatlarimiz umumiy, dinimiz bir, millatimiz bir», deb javob berdi.

Mavzuga oid