O‘zbekiston | 08:00 / 21.08.2021
7653
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyati go‘sht yetishtirish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi

6 oyda qancha go‘sht yetishtirilgani ma'lum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan.

Xo‘jalik toifalari orasida go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 1 102,7 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 92,5 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Go‘sht yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Toshkent viloyatiga (12,3 foiz) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Sirdaryo viloyatida (2,8 foiz) kuzatildi.

Mavzuga oid