Surxondaryoda bir guruh o‘qituvchilar maktab hovlisida o‘zaro janjallashib, bir-biriga tan jarohati yetkazdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan maktablardan birining hovlisida bir guruh o‘qituvchilar o‘zaro janjallashib, bir-birini do‘pposlagani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati hodisa to‘g‘risida rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilishicha, hodisa Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan 59-maktabda sodir bo‘lgan va hodisa yuzasidan viloyat IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.
Ma'lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda tasvirlangan janjal 2021 yil 23 avgust kuni soat 10:00 larda Qumqo‘rg‘on tumani 59-maktabda sodir bo‘lgan. Ushbu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchilar: R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla va M.T.Baxtiyor o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi D.B.Haitmurod bilan maktab hovlisida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjallashishgan. So‘ng D.B.Haitmurodni urib-do‘pposlab, badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etishgan. O‘z navbatida, D.B.Haitmurod ham ularni do‘pposlagan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan 2021 yil 24 avgustda Qumqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan R.X.Azizbek, N.A.Nasiba, N.A.Nurilla, M.T.Baxtiyor va D.B.Haitmurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Shu kunning o‘zida gumon qilinuvchi R.X.Azizbek, N.A.Nurilla, M.T.Baxtiyor va D.B.Haitmurod Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Ta'kidlanishicha, hozirgi kunda Qumqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda va kelgusida qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
18:06 / 27.09.2024
Toshkentdagi maktabda boshlanib vazirlar darajasiga chiqqan mojaro – nimalar bo‘ldi?
14:13 / 26.09.2024
Chilonzorda o‘quvchini urgan o‘qituvchi boshqa maktabda hamkasbiga hujum qildi. U 7 sutkaga qamaldi
13:32 / 26.09.2024
Rossiya TIV Toshkent maktabidagi voqeaga munosabat bildirdi, Alisher Qodirov buni «ichki ishlarga aralashish» deb baholadi
16:18 / 25.09.2024