Muhtoj ayollarga bepul uy, charog‘on va gulga burkangan ko‘chalar - bugungi Past Darg‘om
Past Darg‘om ahli bu yil Mustaqillik bayramini nishonlash uchun Samarqand shahri markaziga borishlariga hojat bo‘lmaydi. Chunki tuman markazida bayram tantanalarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘ziga xos maydon tashkil qilindi.
Aytish mumkinki, tumanda bayram tantanalari allaqachon boshlanib ketdi. Har kuni kechqurun mazkur maydonda vatanparvarlik mazmunidagi kuy-qo‘shiqlar yangramoqda, tumanning iste'dodli yoshlari o‘z qobiliyatlarini namoyish qilmoqda.
Past Darg‘om tumanida yurt Mustaqilligining o‘ttiz yilligiga alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Barcha tizim-tarmoqlarda qaysidir ma'noda o‘sish va ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi.
Joriy yilning o‘zida investitsiya dasturiga asosan tumanda 25,8 milliard so‘m markazlashgan mablag‘lar hisobidan jami 3 ta ijtimoiy soha obekti qurilishi rejalashtirilgandi. Xususan, 21 va 74-maktab binolarini rekonstruksiya qilish hamda Kamolot mahallasi Yangiravot massividan yangi maktab binosi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Shuningdek, tuman prokuraturasi, departament va majburiy ijro byurosi kompleks binolari qurilishi uchun 8,5 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.
O‘quvchi farzandlarimiz yozgi ta'tilni maroqli o‘tkazishlari uchun Nurobod tumani Oqsoy mahallasi hududidan 4 gektar yer maydoni olinib, 220 o‘rinli yangi bolalar oromgohi qurilish ishlari davom etmoqda.
Furqat mahallasi hududidan namunaviy loyihalar asosida 80 xonadonli uy-joylar qurilishi boshlangan. Bundan tashqari, tuman hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi “Bunyodkor Obod Pastdarg‘om” DUK tomonidan yangi tartibda 4 ta ko‘p qavatli 240 xonadonli (subsidiya asosida) ko‘p qavatli uy-joylar qurilmoqda. O‘ylaymizki, ushbu turar joy massivlari nafaqat aholimizning uyga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, balki arxitekturaviy jihatdan o‘ziga xosligi bilan hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi.
Past Darg‘om tumanida jami mavjud yo‘llarning umumiy uzunligi 1669,9 kmni tashkil etadi. Yil yakuniga qadar mahalliy ahamiyatdagi 147,5 km yo‘llarni ta'mirlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kunga qadar 50 kmdan ortiq qishloq ichki yo‘llari qum-shag‘al yo‘llarga aylantirilib, hozirgi kunda asfalt qoplama yotqizish ishlari davom etmoqda.
“Samarqand-Juma-Kattaqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining Samarqand shahridan Juma shaharchasigacha bo‘lgan 26 km masofa hamda ushbu yo‘l yoqasida joylashgan Beklar, Paxtakor, Go‘zalkent va Oltiqahramon mahallalarida yo‘l harakati hodisalarining oldini olish maqsadida tungi yoritkichli ustunlar o‘rnatildi, ko‘chalar yoritildi.
Quvonarlisi, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, farzandlari mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan oilalar hamda chin yetimlar uchun yangi yil arafasida 2 sotixli 3 xonali 44 ta uy-joy qurildi. To‘rtta bir qavatli dala shiyponlarining qurilish ishlari boshlab yuborilgan.
Bu yil Ilm va To‘rttom mahallalari “Obod qishloq” davlat dasturiga kiritildi. Ushbu mahallalarni obod qilish uchun jami 13908,0 million so‘m mablag‘ ajratilmoqda.
Tan olish kerak, har bir hududda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun avvalo, ishlab chiqarish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishi muhim hisoblanadi.
O‘tgan olti oy davomida tumanda sanoat mahsulotlari hajmi 321,9 mlrd so‘m, qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 1451,6 mlrd so‘m, qurilish-pudrat ishlari hajmi 231,5 mlrd so‘m, jami xizmatlar hajmi 506,8 mlrd so‘m va chakana savdo aylanmasi hajmi 484,5 mlrd so‘mga yetkazildi. Mazkur yo‘nalishlarning barchasi bo‘yicha yil boshida belgilab olingan maqsad va rejalar ortig‘i bilan uddalandi.
2021-2022 yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi hamda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish Dasturi doirasida qiymati 3 160,9 mlrd so‘m bo‘lgan jami 78 ta loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida 2600 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Birinchi yarim yillikda tumanda 462 ta yangi kichik biznes sub'yektlari tashkil etildi. Shundan 190 tasi MChJ, 190 tasi oilaviy, 71 tasi xususiy, 11 tasi ishlab chiqarish kooperativi korxonalaridir. Tumanda jami kichik biznes sub'yektlari soni 3649 taga yetdi. Yil yakuniga qadar yana 631 ta kichik biznes sub'yektlari tashkil etiladi. Aynan ushbu tarmoqning rivojlanishi hududda aholi farovonligining oshishiga real ta'sir qilishini unutmasligimiz kerak, albatta.
Eksport hajmi 4 mln 115,8 ming AQSh dollarni tashkil etib, o‘sish sur'ati 248,4 foizga yetdi. Yil yakuniga qadar 17 mln 44,2 ming AQSh dollar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 240,6 foizga bajarilishi kutilmoqda.
Dastlab tumanda 5052 ta oila “Temir daftar”ga kiritilgandi. Bugunga kelib ushbu oilalarning 4784 tasi daftardan chiqarildi. Ushbu qatlamni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 9,3 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Shuningdek, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bo‘yicha ham ijobiy ishlar olib borildi.
Bu ko‘rsatkichlar tumanda barcha muammolarning yechimi emas, albatta. Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zi deyarli har bir chiqishida jamiyatda to‘planib qolgan yangi muammolarni o‘rtaga tashlaydi, tanqidiy ko‘z bilan baholab beradi. Bu jihatlar bevosita Past Darg‘om tumaniga ham tegishli. Shu sababli hududdagi barcha mas'ul tashkilotlar va idoralar avvalo xalqning roziligi, farovon turmushi uchun bel bog‘lab, xatolarni to‘g‘rilab harakat qilyapti, desak maqsadli bo‘ladi.
Shu kunlarda Past Darg‘om ahli tuman markazida barpo etilgan muhtasham maydonda Mustaqillik bayrami tantanalarini nishonlamoqda. Ushbu maydon fuqarolarimizning eng sevimli joyiga aylanib ulgurdi desak, xato bo‘lmaydi.
Past Darg‘om tuman hokimligi axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
16:47 / 21.11.2022
Samarqandda mahallaning qimorboz raisi ishdan olindi
16:13 / 06.10.2022
“Lyuboy” ishni bittada bitiradi”gan uchastkavoy fuqaroning “Equinox”ini dabdala qildi. Unga chora ko‘rilmayotgani esa shunchaki absurd
12:45 / 29.05.2022
Oyoqsiz yigit: inson irodasi chegara bilmaydi
12:19 / 11.03.2022