Buxoroda fuqaroni ishga joylashtirish evaziga 500 dollar olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Buxoro shahar aholi bandlikka ko‘maklashish markazi inspektori firibgarlik ustida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro shahar aholi bandlikka ko‘maklashish markazi inspektori, 1985 yilda tug‘ilgan M.A. xizmat mavqeyidan foydalanib, Sh.D. ismli ayolni RShTYoIM Buxoro filialiga tibbiyot xodimi vazifasiga ishga joylashtirishni va'da qilgan. U “xizmat haqi” uchun Buxoro shahar hokimligi binosi oldida 500 dollar olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan M.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda soxta “mo‘ri tozalovchi”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid
10:34 / 05.11.2024
Xovos tumani hokimi sobiq o‘rinbosari 7 yilga qamaldi
09:51 / 05.11.2024
Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosari tezkor tadbirda qo‘lga olindi
20:58 / 04.11.2024
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari kuchaytiriladi
22:02 / 22.10.2024