BMT bosh kotibi toliblar bilan muloqot olib borishga chaqirdi
Xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati bilan muloqot olib borishi lozim. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Agence France-Presse fransuz agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bizning burchimiz – azob-uqubat chekayotgan, ocharchilikdan o‘lim xavf solayotgan millionlab odamlar bilan birdam bo‘lish hisoblanadi”, deb tushuntirgan o‘z pozitsiyasini BMT rahbari.
Guterrishning aytishicha, toliblar bilan muzokaralar natijalari borasida biror kafolat yo‘q, biroq Afg‘oniston terrorchilik markaziga aylanmasligi va u yerda ayollar huquqlari poymol etilmasligi uchun bunday muzokaralarni olib borish kerak. BMT bosh kotibi mos sharoitlar yaratilsa, Afg‘onistonga borishga tayyorligini ta'kidlab o‘tgan.
Guterrish BMT Afg‘onistonda butun afg‘on jamiyatini o‘z ichiga oluvchi inklyuziv hukumatni ko‘rishni istashini aytgan. U toliblar o‘zlarining jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishlarini, moliyaviy ko‘mak hamda sanksiyalar bekor qilinishini istayotganlarini eslatib o‘tgan.
“Bu xalqaro hamjamiyatga muayyan ta'sir ko‘rsatish dastaklarini beradi”, deb aytgan Guterrish.
BMT rahbari Afg‘onistonda gumanitar sohada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy inqirozdan qochish zarurligini aytgan. Guterrish Afg‘onistonning yangi hukumatiga sanksiyalar ostiga tushmaydigan moliyaviy vositalar taqdim etilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024